O‘QUVCHI YOSHLAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining o‘quvchi yoshlar turar joyiga texnikum psixologi D. Xadjayeva tashrif buyurib, o‘quvchilarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida xonalarning ozodaligi, sanitariya-gigiyena holati, o‘quvchilarning kun tartibi hamda turar joydagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va ehtiyojlari tinglandi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilarga sog‘lom psixologik muhitni asrash, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatiga rioya qilish, turar joyning ichki tartib-qoidalariga amal qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Texnikum yangiliklari
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” — SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI! O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tasdiqlangan kalendar rejaga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Do‘stlik” o‘yingohida yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqalar yoshlarning jismoniy salohiyati, sport mahorati, jamoaviy hamkorligi va sog‘lom turmush tarziga intilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tadbir doirasida voleybol bo‘yicha guruhlararo bellashuvlar o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonligi, irodasi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar. Sport — sog‘lom avlod, yuksak iroda va barkamol kelajak poydevoridir!
Texnikum yangiliklari
KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 18-sentabr kuni Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf hamda umumiy o‘rta ma’lumot negizida kechki ta’lim shaklida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari yuqori saviyada tashkil etild. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga rioya qilingan holda o‘tkazildi. Abituriyentlar o‘zlarining bilim, ko‘nikma va salohiyatlarini namoyon etib, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlari sari muhim qadam tashladilar. Jarayon davomida tartib-intizom, tashkiliy masalalar hamda belgilangan talablarning to‘liq bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Barcha abituriyentlarga kelgusi ta’lim yo‘llarida ulkan muvaffaqiyat, yuksak natijalar va omad tilaymiz!
Texnikum yangiliklari
2026 yil 16 sentyabr kuni Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori hamda Kasbiy ta’lim agentligi direktorining 2026 yil 1-apreldagi 35-son buyrugi, Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig’inig 2026 yil 8-apreldagi 06-49-son buyrug’i jrosini ta’minlash bo'yicha rahbar va o’qituvchi-pedagoglar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash maqsadida "Kitob o'qish soati" tashkil etildi va o’qituvchilari tomonidan o’zlari o’qigan badiiy kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Texnikum o'qituvchilari Abdullayev O.,Umarova X lar tomonidan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar"asari muhokama qilindi
Texnikum yangiliklari
Joriy yilning 14-sentabr kuni Kattaqoʻrgʻon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun zarur bo‘lgan inson kapitalining ahamiyatini tushuntirish maqsadida “Kelajak soati” dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga inson kapitali tushunchasi, uning tarkibiy qismlari hamda shaxs va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, bilim, ta’lim, kasbiy mahorat, tajriba, ijodkorlik va doimiy o‘z ustida ishlash inson kapitalini rivojlantirishning muhim omillari ekanligi ta’kidlandi hamda ICHKI ODOB-AXLOQ QOIDALARI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH TADBIRI O‘TKAZILDI Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining 2026-yil 28-avgustdagi 170-son buyrug‘i, shuningdek, texnikumning Ichki odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga yetkazish maqsadida tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
Texnikum yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ 91-sonli Qarorining 1-ilova 13-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqoʻrgʻon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2026 yil 12 sentyabr kuni informatika fani o‘qituvchilari bilan birgalikda “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv trening tashkil etildi. Treningning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning raqamli makondagi huquq va majburiyatlari, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash hamda kibertaxdidlardan himoyalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari va raqamli dunyoda xavfsiz harakatlanish qoidalari amaliy misollar va qiziqarli bahs-munozaralar orqali tushuntirib berildi.
Texnikum yangiliklari
2026-yil 11-sentabr kuni Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Axborot-resurs markazida II bosqich o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Kasbiy ta’lim agentligi direktorining 2026-yil 1-apreldagi 35-son buyrug‘i hamda Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 8-apreldagi 06-49-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitob — ma’rifat manbai” dasturi doirasida “Hafta kitobi” loyihasi tashkil etildi. Tadbir davomida taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari o‘quvchilar ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama jarayonida asarning mazmun-mohiyati, unda aks ettirilgan insoniy fazilatlar, hayotiy voqealar, qahramonlarning xarakteri va taqdiri haqida fikr almashildi.
Texnikum yangiliklari
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 7-sentabr kuni o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida o‘quvchi-yoshlar giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida o‘z fikr va mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda giyohvandlikka qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishdan iborat.
Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak!
🚫 Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!
Texnikum yangiliklari
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida II–III-bosqich Guruh sardorlari ishtirokida texnikum ma’muriyati xodimlari tomonidan muhim masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida texnikum direktori X. Shukurov so‘zga chiqib, o‘quvchilarning davomati, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida va kechikmasdan kelishi, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi hamda ichki tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishi zarurligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, texnikum psixologi D. Xadjayeva tomonidan o‘quvchilarga ruhiy salomatlik, sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyati, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri yengib o‘tish hamda muammoli holatlarda psixologik yordamdan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida o‘quvchilarning ta’lim olish jarayonida mas’uliyatli, intizomli va faol bo‘lishi, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishi hamda o‘z kelajagiga befarq bo‘lmasligi muhim ekani ta’kidlandi.
🎓 Sifatli ta’lim, mustahkam intizom va faol yoshlar — kelajak taraqqiyotining muhim poydevoridir!
Texnikum yangiliklari
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2026 yil 18 aprel kuni “Eng yaxshi ilmiy maqola” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni oshirish, ularning tahlil qilish, mustaqil fikr yuritish va ilmiy yondashuv asosida muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbir sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalarni ilmiy jihatdan o‘rganish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tanlov davomida ishtirokchilar jamoat salomatligi, profilaktika, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy tibbiyotda innovatsion yondashuvlar kabi yo‘nalishlarda tayyorlagan ilmiy maqolalarini taqdim etdilar. Har bir ish mazmunan chuqur tahlil qilingani, manbalarga tayangani va amaliy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilarning ilmiy izlanishlari dolzarbligi, yangiligi, mantiqiy bayoni va amaliy ahamiyati asosida baholandi. Eng munosib deb topilgan ishlar mukofotlandi va mualliflar kelgusidagi ilmiy faoliyatlari uchun rag‘batlantirildi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni ilm-fanga yo‘naltirish, ularda mas’uliyat va tashabbuskorlikni kuchaytirish, shuningdek, mamlakatimizda sog‘lom va bilimli kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilm — taraqqiyot garovi!
Texnikum yangiliklari
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va tantanali tadbir o‘tkazildi.
Mustaqillik — bu, avvalo, erkin va farovon hayot, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash va kelajagimizni bunyod etish imkoniyatidir.
Texnikum yangiliklari
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Eng yaxshi yosh o‘qituvchi – 2026” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
2026-yil 10-iyun kuni Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yosh pedagoglarning kasbiy salohiyati, pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatlarini aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi yosh o‘qituvchi – 2026” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, yosh o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga xizmat qildi.
Ko‘rik-tanlov to‘rtta shart asosida tashkil etildi. Birinchi shart — “Men tanlagan kasb” mavzusida bo‘lib, unda ishtirokchilarning nutq madaniyati, o‘zini tanishtirish mahorati, ijodkorligi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari baholandi.
Ikkinchi shart ochiq dars mashg‘ulotlari asosida o‘tkazilib, darsning maqsadga yo‘naltirilganligi, pedagogik mahorat, interfaol metodlardan foydalanish darajasi, o‘quvchilar bilan ishlash sifati, vaqt taqsimoti va dars samaradorligi mezonlari asosida baholash ishlari olib borildi.
Uchinchi shartda pedagogik vaziyatlarga yechim topish bo‘yicha ishtirokchilarning kasbiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. To‘rtinchi shart — ijodiy chiqish orqali pedagoglarning ijodiy salohiyati va tashabbuskorligi namoyon etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 I o‘rin — S. Bozorova
🥈 II o‘rin — D. Beknazarova
🥉 III o‘rin — M. Omonova
Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:
• “Eng innovatsion pedagog” — D. Eshpulatova
• “Eng faol yosh o‘qituvchi” — Sh. Ismoilova
• “Eng yaxshi ochiq dars” — A. Davronova
• “Eng yaxshi taqdimot” — M. Xoldorova
• “Yilning ijodkor pedagogi” — I. Najimova
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu ko‘rik-tanlov yosh pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Texnikum yangiliklari
Kattaqo’rg’on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2026-yil 7-aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan sportchilar bilan uchrashuvda sport sohasini yanada rivojlantirish,yoshlarni ommaviy sportga jismoniy faollikka keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan farmon va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 17-aprel sanasida texnikum o`quvchilari bilan chiniqtirish -sog`lomlashtirish mashg`ulotlari o’tkazildi.
Texnikum yangiliklari
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2026 yil 18 aprel kuni “Eng yaxshi ilmiy maqola” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni oshirish, ularning tahlil qilish, mustaqil fikr yuritish va ilmiy yondashuv asosida muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbir sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalarni ilmiy jihatdan o‘rganish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tanlov davomida ishtirokchilar jamoat salomatligi, profilaktika, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy tibbiyotda innovatsion yondashuvlar kabi yo‘nalishlarda tayyorlagan ilmiy maqolalarini taqdim etdilar. Har bir ish mazmunan chuqur tahlil qilingani, manbalarga tayangani va amaliy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilarning ilmiy izlanishlari dolzarbligi, yangiligi, mantiqiy bayoni va amaliy ahamiyati asosida baholandi. Eng munosib deb topilgan ishlar mukofotlandi va mualliflar kelgusidagi ilmiy faoliyatlari uchun rag‘batlantirildi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni ilm-fanga yo‘naltirish, ularda mas’uliyat va tashabbuskorlikni kuchaytirish, shuningdek, mamlakatimizda sog‘lom va bilimli kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilm — taraqqiyot garovi!
Texnikum yangiliklari
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir — “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” doirasida “Eng yaxshi bitiruvchi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, klinik fikrlashi, kasbiy kompetensiyalari hamda bemorlar bilan muloqot madaniyati kompleks baholandi.
Texnikum yangiliklari
Joriy yilning 12- yanvar sanasida Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun mohiyati o'quvchilarga yetkazildi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat-ma'rifat markazi Kattaqo'rg'on shahar bo'limi boshlg'i Q.Boykalonov, Kattaqo'rg'on shahar Nuroniylar kengashi raisi, shahar kengashi deputati T.Hamidov va Kattaqo'rg'on shahar kengashi deputati N.Salohiy ishtirok etishdi. Murojaatnomadagi oltita ustivor yo'nalish va ulardan kelib chiqadigan vazifalar o'quvchilar e'tiboriga yetkazildi.
Texnikum yangiliklari
Joriy yilning 12- yanvar sanasida Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" mavzusida "Kelajak soati" o'tkazildi. Ushbu dars O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasini o'rganishdan boshlandi. So'ngra Vatanni himoya qilish har bir insonning vazifasi ekanligi tushuntirildi.
Texnikum yangiliklari
Joriy yilning 7 -yanvar sanasida Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o'qituvchi va o'quvchilari "Moziyga sayohat" dasturi asosida Kattaqo'rg'on shahar o'lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi. O'zlikni anglash tarixni o'rganishdan boshlanadi. Shuning uchun muzeyda Kattaqo'rg'on shahrining ikki ming yillik tarixiga oid artefaktlar, madaniy meros yodgorliklari bilan tanishdilar.
Texnikum yangiliklari
2025- yilning 25- dekabr sanasida Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining o'quvchi yoshlar turar joyida "Yangi yil muborak bo'lsin" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Bayramda o'quvchi yoshlar ijrosida kuy qoshiqlar yangradi. Qavatlar kesimida "Eng namunali xona" sohibalari taqdirlandilar
Texnikum yangiliklari
"Ustoz - shogird" KUNI
2025 yil 24 oktabr kuni texnikum axborot resurslar markazida yosh pedagoglar 'Mahorat maktabi' ning yig'liwi bo'lib o'tdi , yig'lishga yosh pedagoglar va yosh pedagoglarning ustozlari ishtirok etdilar
Texnikum yangiliklari
Tarixga sayohat
Kattaqoʻrgʻon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi "Hamshiralik ishi"bo'limi 108-109-guruh oʻquvchilari Kattaqo'rg'on shahar o‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar muzey eksponatlari bilan tanishishdi va shahrimiz tarixiga o'z hissalarini qo'shgan tarixiy shaxslar hayot va ijodlari bilan tanishishdilar, ma’lumotlarga ega bo‘lishdilar.
Texnikum yangiliklari
Biz bilan aloqa o'rnating
Manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahri, Umar Hayyom kuchasi 221 uy
Pochta indeksi: 140800
Phone: +998 8366 456-05-26
Fax: (0366) 456-6-05-26
Email: kattakurgantibbiyottexnikumi@gmail.com
Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan foydalanish muallif ruxsatisiz ta'qiqlanadi.