BINONING HOZIRGI KO’RINISHI
Texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Davolash ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya ishi” bo‘limlari mavjud bo‘lib ularda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 1200 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Texnikumda 3 ta o‘quv binosi, zamonaviy jihozlangan маънавият ва маърифиат markazi, simulyatsion amaliy o’quv xonalari, katta sport maydoni, 400 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi, 240 o‘rinli oshxona hamda 100 o‘rinli qiroatxonaga ega bo‘lgan kutubxona mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda to‘liq faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, texnikum bitiruvchilaridan el dardiga malham bo‘layotgan qo‘li em shifokorlar, olimlarning yetishib chiqqanligi Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatligi texnikumining nufuzini yanada oshiradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.