Texnikumda ta’lim jarayonlari 8 ta ixtisoslashgan kafedra tomonidan olib boriladi. Har bir kafedra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat. Ushbu kafedralar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
1-Umumkasbiy fanlar kafedrasi
Ushbu kafedra umumiy amaliyot hamshirasi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar bemorlarni parvarishlash, davolash, kasallkilar profilaktikasi jarayonida shifokorga ko‘maklashish, dori-darmon buyurish va ulardan foydalanishni o‘rganadilar.
Umumkasbiy fanlar kafedrasi texnikum talabalari uchun kasbiy tayyorgarlikning asosiy bosqichini tashkil etadi. Kafedra umumta’lim va kasbiy fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlab, talabalarni tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.
hamshiralarni tayyorlaydi. Talabalar bemorlarga parvarish ko‘rsatish, muolajalarni bajarish, dori vositalarini berish va tibbiy kuzatuv olib borish bo‘yicha hamshiralik jarayoni boʻyicha chuqur bilim oladilar.
Dori vositalarini tayyorlash, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar farmakologiya, farmatsevtik texnologiya va retseptura bo‘yicha chuqur bilim oladilar.
Onalik va bolalikda hamshiralik ishi fanlar kafedrasi
Ushbu kafedrasi onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash, ularni kasalliklardan himoya qilish va davolash bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Kafedra zamonaviy tibbiy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar asosida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni olib boradi.
Stomatologiya ishi kafedrasi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini oldini olish, aniqlash va davolash bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi. Kafedra zamonaviy stomatologik texnologiyalar, diagnostika usullari va davolash metodlarini o‘qitish bilan birga, davolash-profilaktika ishlarini ham olib boradi.
Terapevtik fanlar kafedrasi ichki kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi. Kafedra klinik tibbiyotning asosiy yo‘nalishlarini o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va amaliy tibbiy faoliyatni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Xirurgiya va shoshilinch tez tibbiy yordam fanlar kafedirasi
Xirurgiya fanlar kafedrasi jarrohlik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy operatsion texnologiyalarni ishlatish, bemorlarni operasiyaga tayyorlash va operasiyadan keyingi davrda parvarish qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Kafedrada oʻquvchilar xirurgiya va tez tibbiy yordam yo‘nalishlarda chuqur nazariy va amaliy bilim oladilar.
Qiziqishlaringiz va maqsadlaringizga mos keladigan ta'lim muassasasi va mutaxassisliklarini tezda tanlash uchun filtrlardan foydalaning va qidiruvdan foydalaning.
Muhim ma'lumotlar
Eng ko'p talab qilinadigan tibbiyot mutaxassisliklari zamonaviy tor mutaxassisliklar boʻyicha malakali hamshiralar.
Qabul qilish uchun biologiya, kimyo, rus tili va ayrim hollarda matematikadan imtihon topshirish kerak. Bundan tashqari texnikumni imtiyozli tamomlagan bitiruvchilar suhbat asosida OTMning 2-bosqichidan oʻqishga qabul qilinadi.
Tibbiyot texnikumida o'qish odatda dastur va mutaxassislikka qarab 2 yildan 3 yilgacha davom etadi.
Ha, umumiy kursni tugatgandan so'ng, bitiruvchilarga oʻrta maxsus ma'lumotli tibbiyot xodimi mutaxassisligi boʻyicha davlat namunasidagi diplom beriladi.
Biz bilan aloqa o'rnating
Manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahri, Umar Hayyom kuchasi 221 uy
Pochta indeksi: 140800
Phone: +998 8366 456-05-26
Fax: (0366) 456-6-05-26
Email: kattakurgantibbiyottexnikumi@gmail.com
Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan foydalanish muallif ruxsatisiz ta'qiqlanadi.