Kattaqo'rg'on Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatlik Texnikumida 4 ta yo'nalish boʻyicha boʻlimlar mavjud. Ular zamonaviy tibbiyot talablari asosida o‘quvchilarni malakali, bilimli va insonparvar tibbiyot xodimlari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Farmatsiya ishi yo‘nalishi
“Farmatsiya ishi” yo‘nalishi bo‘yicha jami 57 ta talabalar ta’lim oladi. o‘quvchilar chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.
Ushbu yo‘nalishda 3 ta kursda jami 345 ta talabalar ta’lim oladi. Talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar va klinik tajriba orqali kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Hamshiralik ishi — bu sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash, parvarish qilish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi. Ushbu soha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni birlashtiradi.
Stomatologiya ishi — bu tibbiyotning insonning og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, milklar va jag‘ suyaklari bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash, davolash hamda ularning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishidir. Ushbu soha aholining sog‘lom tish va chiroyli tabassumga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan..
Texnikumdagi har bir bo‘limni boshqaruvchi va uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi shaxslar. Ular o‘z bo‘limidagi o‘quv jarayonini nazorat qiladi, dars va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadi, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga mas’uldir. Shuningdek, bo‘lim boshliqlari texnikum rahbariyati bilan hamkorlikda o‘quv rejalarini ishlab chiqadi va bo‘lim ishlarini samarali olib borilishini ta’minlaydi.
Buronov Kamoliddin Zubaydullayevich
Xujaqulov Rustam Jurayevich
Biz bilan aloqa o'rnating
Manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahri, Umar Hayyom kuchasi 221 uy